Billing - Universitetlardagi moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish tizimi

Loyiha haqida

BILLING.EDU - Bu axborot tizimi oliy ta'lim muassasalarida talabalarning toʻlov-kontrakt jarayonlari, ijara va stipendiya toʻlovlari, mahalliy yordam mablagʻlari hisobini raqamlashtirish va shaffoflashtirish maqsadida yaratilgan.

Maqsad va vazifalar

BILLING.EDU axborot tizimining asosiy maqsadi —Talabalar uchun onlayn shartnoma tuzish va onlayn toʻlov qilish imkoniyatini yaratish, Barcha moliyaviy jarayonlarda shaffoflik va avtomatlashtirishni ta'minlash, Ta'lim muassasalari moliyaviy faoliyatini samarali boshqarish.

Funktsiyalar va imkoniyatlar

Talabalar bilan moliyaviy hisob-kitoblarni yuritish : To‘lov-kontrakt, stipendiya, qarzdorlik va qaytarilgan to‘lovlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisoblash. To‘lovlarni onlayn qabul qilish : Bank tizimlari, to‘lov portallari (Click, Payme va boshqalar) bilan integratsiya orqali tez va xavfsiz to‘lovlar. Avtomatik hisobot va monitoring : Moliya harakatlari bo‘yicha real vaqt rejimida hisobotlar, statistik tahlillar va monitoring imkoniyati. Shaxsiy kabinet : Talaba, buxgalter va rahbariyat uchun alohida funksional kabinetlar orqali boshqaruv qulayligi. Elektron hujjatlar bilan ishlash : Shartnomalar, to‘lov xatlari va boshqa hujjatlarni raqamli shaklda yaratish va yuritish. Xavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish : Foydalanuvchi ma’lumotlarini xavfsiz saqlash, autentifikatsiya va huquqiy asosda ishlov berish. Qonunchilikka muvofiqlik : O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy va ta’lim sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirilgan tizim.

Afzalliklar

Shaffoflik: Moliyaviy jarayonlar real vaqt rejimida nazorat qilinadi va ro‘yxatga olinadi, bu korrupsiyani oldini olishga yordam beradi. Tezlik: Shartnoma tuzish, to‘lov qilish va qarzdorlikni aniqlash kabi jarayonlar bir necha daqiqa ichida bajariladi. Qulaylik: Talabalar istalgan vaqtda va joyda shaxsiy kabinet orqali to‘lov holati, shartnoma tafsilotlari va stipendiya tarixini ko‘rishlari mumkin. Moslashuvchanlik: Tizim oliy ta’lim muassasalarining ehtiyojlariga mos ravishda sozlanadi va kerakli modullar tanlanadi. Avtomatlashtirish: Shartnoma tuzish, to‘lovlarni qabul qilish, hisobot tayyorlash kabi jarayonlar avtomatik tarzda amalga oshadi, bu inson xatolarini kamaytiradi. Tahlil imkoniyatlari: Tizim orqali moliyaviy tahlil, to‘lov statistikasi va qarzdorlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar grafiklar yordamida ko‘rsatiladi.

Universitetlarda moliyaviy jarayonlarni raqamlashtirish tizimi

Yana bir loyiha

O‘zbekiston maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish va boshqa maktablarga o‘tkazish uchun onlayn tizim.